Urush faxriylari holidan xabar olindi

0
651

Mudofaa vazirligi qarashli Navoiy, Qashqadaryo, Fargʻona viloyatlari hamda Qorqalpogʻiston Respublikasida joylashgan harbiy qismlar shaxsiy tarkibi va keng jamoatchilik aʼzolari ishtirokida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mustaqilligimizni taʼminlash yoʻlida jon fido qilgan yurt oʻglonlarining yaqinlari, mehnat faxriylarining holidan xabar olindi.

Yoʻqlovga kelgan ishchi guruh tomonidan nuroniylar birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularg zarur boʻlgan dori vositalari tarqatildi. Xoʻjalik ishlarida, uy yumushlarida oʻz yordamini ayamagan harbiy xizmatchilar va maktab oʻquvchilariga urush faxriylari oʻzlarining hayot yoʻllarini aytib, hozirgi tinchlikni qadriga yetish, shukronalik keltirish zarurligi haqida oʻz fikr mulohazalarini bildirdi.

Bu kabi eʼzoz va ehtirom tadbirlarini oʻtkazilishi yosh avlodda vatanparvarlik tuygʻularini yanada rivojlanishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti