Namanganda harbiy xizmatchilarga yangi xonadonlar kalitlari topshirildi

0
1815

Namangan viloyati Davlatobod tumanida Mudofaa vazirligi qoʻshinlaridagi harbiy xizmatchilar uchun qurib bitkazilgan 60 ta shinam va zamonaviy xonadonlarning kalitlari topshirildi.

Tantanali tadbirda Namangan viloyat hokimi, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmodoni, nuroniylar, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda okrug qoʻshinlari qoʻmodoni va viloyat hokimi soʻzga chiqib, xonadon egalarini samimiy muborakbod etdi.

Ushbu xonadonlar harbiy xizmatchilarga qaratilayotgan eʻtibor, ularning ijtimoiy himoyasi va davlatimiz rahbarining gʻamxoʻrligi ifodasidir. Bunday shinam uylarni qabul qilib olgan harbiy xizmatchilar oʻz xizmat vazifalariga yanada shijoat bilan yondashishi kerakligi taʻkidlab o‘tildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting