Samarqandda harbiy xizmatchilarning farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

0
1641

Markaziy harbiy okrugning Maʼnaviyat va maʼrifat markazida harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini taʼminlash maqsadida Jizzax, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon hamda Navoiy garnizonlaridagi harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imkonini beradigan imtiyozli tavsiyanomalarni topshirish marosimi oʻtkazildi.

Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq 2018/2019-oʻquv yilidan boshlab Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idora xodimlarining farzandlari uchun oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga oʻqishga kirish uchun 5 foizli kvota hamda burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan yoki nogiron boʻlib qolgan xodimlarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga tanlovsiz qabul qilinish toʻgʻrisida tavsiyanomalar berilishi belgilangan.

Shu kabi tavsiyanomalarni topshirishga bag‘ishlangan bugungi tadbirda okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev soʻzga chiqib, mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolariga koʻrsatilayotgan eʼtibor masalalarini alohida taʼkidlab oʻtdi.

 

Shundan so‘ng 84 nafar yigit-qizga 5 foizli kvota asosida oʻqishga kirish toʻgʻrisidagi tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Tantanli tadbirdan soʻng, okrug qoʻmondonligi Samarqand shahrida marhum harbiy xizmatchilar kichik serjant Akobir Gʻafforovning farzandi Jasurbek Usmonqulovga hamda Ishtixon tumanida mayor Bobomurod Tojiyevning qizi Dilbaroy Tirkashevaga oʻzlari tahsil oladigan maktablarida tengdoshlarining guvohligida tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda marhum harbiy xizmatchilarning xotirasi yod etilib, hukumatimiz tomonidan qaratilayotgan eʼtiborga minnatdorchilik bildirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting