“Dog biatlon”: musobaqaning uchinchi — “Estafeta” sharti yakunlandi

0
872

Mudofaa vazirligi mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan “Dog biatlon” musobaqasining uchinchi sharti yakunlandi.

9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan mazkur musobaqada Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya hamda Davlat bojxona qoʻmitasi jamoalari oʻz xizmat itlari bilan ishtirok etmoqda.

“Dog biatlon” musobaqasining “Dog biatlon estafeta” bellashuvlarida ishtirokchilar 1600 metr masofada jamoa boʻlib, estafeta shartlarini bajarishdi. Aytish kerakki, mazkur shartni tez va aniqlik bilan bajarish juda muhim hisoblanib, jamoalarga yuqori ball olish imkonini berdi.

Estafeta jamoalar uchun to‘rt bosqichdan iborat bo‘ldi. Har bir jamoa ishtirokchisi faqat bitta estafeta bosqichidan to‘liq o‘tdi.  

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti