Chirchiqda “Vatan tayanchi” harakati a’zolariga ko‘krak nishonlari topshirildi

0
1614

Toshkent harbiy okrugi tashabbusi bilan Chirchiq oliy tank qoʻmondonlik-muhandislik bilim yurtida Toshkent viloyatdagi umumtaʼlim maktablarda tashkil etilgan “Vatan tayanchi” otryad aʼzolarining tantanali “Va’da berish marosimi” boʻlib oʻtdi.

Marosimda okrug qo‘mondoni polkovnik Zokir Sayfutddinov, “Vatan tayanchi” bolalar va oʻsmirlar harbiy-vatanparvarlik harakati boshlig‘i polkovnik Bahrom Zulfiqorov, Mudofaa vazirligi mas’ullari, Chirchiq garnizoni harbiy prokuraturasi, Mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi vakillari ishtirok etdi.

Bilim yurtining saf maydonida oʻtkazilgan marosimda “Va’da berish” marosimida 200 nafar otryad aʼzosiga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishoni va guvohnomalar topshirildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatida 886 ta umumtaʼlim maktablari mavjud boʻlib, 811 ta maktabda “Vatan tayanchi” otryadlari tashkil etilgan va u orqali 14,7 mingdan ziyod yoshlar qamrab olingan.

Tadbir soʻnggida viloyat turizm va madaniyat boshqarmasi tomonidan konsert dasturi hamda harbiy xizmatchilarning qoʻl jangi usullari bilan, faxriy qorovul jamoasining esa koʻrgazmali chiqishlari barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting