“Dog biatloni” musobaqasining dastlabki bosqichi boshlandi

0
1432

2-may kuni Mudofaa vazirligi mutaxassis va xizmat itlarini tayyorlash markazida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar oʻrtasida “Dog biatlon” musobaqasi bahslariga start berilgandi. Bugun mazkur musobaqaning dastlabki sharti o‘tkazildi.

9-may – Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan mazkur musobaqada Mudofaa, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya hamda Davlat bojxona qoʻmitasi jamoalari oʻz xizmat itlari bilan ishtirok etmoqda.

Jamoalar dastlab “Dog biatlon” shartida oʻzaro bellashishdi. Unga koʻra ishtirokchilar 3200 metr masofaga yakka tartibda yugurish bilan birga belgilangan nishonni ham oʻta aniqlik bilan moʻljalga olgan holda vazifalarni yuqori aniqlikda bajarishga harakat qilishdi. Bunda, ayniqsa, Mudofaa vazirligi jamoasining natijalari, shartlar bajarilishi qiziqarli boʻlmoqda.

Taʼkidlash lozimki, bir nechta shartlarni oʻz ichiga olgan mazkur musobaqa barcha ishtirokchilar uchun oʻzaro bilim, malaka va tajriba almashish imkonini beradi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti