Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olindi

0
1088

Ajdodlar xotirasiga hurmat xalqimizning eng oliy fazilatlaridan biridir. Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan, yurtimiz ozodligi uchun jon fido qilgan insonlarni xotirlash, hozirda hayot boʻlgan urush va mehnat faxriylarini qadrlash, ular bosib oʻtgan yoʻllarni oʻrganib, obod kunlarimizga shukronalar aytish — barchamizning chinakam insoniylik burchimizdir.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligiga qarashli qoʻmondonlikning bir nechta masʼul harbiy xizmatchilari Toshkent shahar Yunusobod tumani mudofaa ishlari boʻlimi va harbiy tibbiyot mutaxassislari tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh Yunusobod tumanida istiqomat qilayotgan, Leningrad qamalining ishtirokchilari hamda fashistlarning konslagerlaridan omon chiqqan yurtdoshlarimiz xonadoniga tashrif buyurdi.

Ishchi guruh tomonidan mehnat faxriylari va urush qatnashchilarining holidan xabar olinib, ular birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Shuningdek ularning yaqinlari bilan suhbatlashilib, mavjud muammoli masalalarga yechim topish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.

Oʻrganishlar davomida ishchi guruh tomonidan istiqbolda amalga oshirilishi zarur boʻlgan rejalarga aniqliklar kiritildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti