Samarqandda “Uch avlod uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
659

Ayni kunlarda yurtimiz boʻylab 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining holidan xabar olish va ularning koʻrsatgan jasorati va matonati haqida kelajak avlodga yetkazish oʻrnida turli madaniy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Bu borada Markaziy harbiy okrugning harbiy xizmatchilari, faxriylar kengashi aʼzolari hamda viloyatdagi nuroniylar bilan hamkorlikda Samarqand shahridagi 67-umumiytaʼlim maktabida “Uch avlod avlod uchrashuvi” oʻtkazildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mamlakatimizdagi tinchlik, milliy armiyamizdagi oʻzgarishlar, shuningdek, respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, har bir yoshlarni kelajakda oʻz oʻrnini topishi lozimligini taʼkidladilar.

Shuningdek, mustaqillik buyuk neʼmat ekanligi, Vatan ozodligi va inson erkinligi, tinchlik-totuvlik kabi soʻzlar bilan oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan jasorati va matonati haqida soʻzlab berishdi.

Ushbu uchrashuv davomida faxriy qorovul jamoasining koʻrgazmali chiqishlari, oʻquvchilarning sahna koʻrinishlari, harbiy orkestr jamoasining konsert dasturlari namoyish etilib tamoshabinlarga oʻquv chi yoshlarga oʻzgacha zavq ulashildi.

Bundan tashqari, milliy armiyamizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida bir guruh ijodkorlar Markaziy harbiy okrug Jizzax garnizonida joylashgan harbiy qismlarning birida boʻldi. Ijodiy uchrashuvda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari, shoir Botirjon Ergashev, uyushmaning harbiy-vatanparvarlik boʻlimi boshligʻi Maʼmura Zohidova, yosh shoirlar Dadaxon Muhammadiyev, Alisher Sabriy, bastakor Rustam Muhammadiyev va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gʻiyos Boytoyev yigitlik burchini oʻtayotgan harbiy xizmatlar bilan uchrashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting