Yurak-qon tomir kasalliklariga shifo

0
9621

Insonning har bir aʼzosi kun davomida navbat bilan orom oladi. Ammo bir aʼzo borki umr boʻyi beminnat xizmat qiladi. Uni qadrlashni ham oʻz oʻrniga qoʻyish kerakki, yoʻqsa yuzaga keltiradigan muammolari inson hayotiga nuqta qoʻyishi hech gap emas. Gap “yurak” haqida ketayotgani muhtaram oʻquvchilarimizga maʼlum boʻldi, albatta.

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida kam taʼminlangan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar aʼzolarida uchrayotgan yurak-qon tomir kasalliklari aniqlashtirilmoqda. Tashxis natijalariga koʻra, toza boʻlsa dori vositalari, stenozlar boʻlsa operatsiya yordamida davolanmoqda.

—Infark yosh tanlamaydi. Shuning uchun har bir inson sogʻligʻiga jiddiy eʼtiborli boʻlishi, asabni asrashi, oʻzini — yuragini ehtiyotlashi shart. Chunki boy berilgan salomatlikni qaytarish anchagina mehnat talab qiladi. Biz bugungi kunda eng soʻnggi rusumdagi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan shifoxonada bemorlarga zaruriy yordamni koʻrsatyapmiz, — deydi tibbiy xizmat katta leytenanti Mahliyo Mahmudova.

Markaziy harbiy klinik gospitalida koʻplab insonlarning shifo topib, minnatdorlik bilan oilasi bagʻriga qaytayotganiga guvoh boʻldik.

Kapitan Aziz NORQULOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti