Qurolli Kuchlar akademiyasida ilmiy seminar o‘tkazildi

0
915

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar akademiyasida Harbiy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish markazi tomonidan oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy-pedagogik faoliyatni zamon talablariga muvofiq tashkil etish, professor-oʻqituvchilarning kasbiy-pedagogik kompetentligi darajasini oshirishning dolzarb muammolari muhokamasiga bagʻishlangan “Harbiy taʻlimda oʻqitish metodikasini zamonaviylashtirish” mavzusidagi vazirliklararo ilmiy seminar oʻtkazildi.

Ilmiy seminar davomida harbiy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash jarayonini takomillashtirish, ta’lim oluvchilarni zarur bilim, koʻnikma va malakalar bilan oʻqitish metodikasini zamonaviylashtirish, ularda kasbiy professionallikni shakllantirishda mashgʻulotlarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkillashtirish va oʻtkazishning dolzarb muammolari ham muhokama etildi.

Shuningdek, professor, dotsentlar tomonidan harbiy ta’limga mos keladigan zamonaviy metodlar, mustaqil ta’limning ahamiyati, zamonaviy texnologiyalar xususida ma’ruzalar tinglandi.

Sherzod EGAMBERDIYEV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti