Harbiy qism tashkil topgan kun nishonlandi

0
1666

Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan harbiy qismlarning birida “Milliy armiyamiz – Yangi Oʻzbekistonning mustahkam qalqonidir” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda harbiy qismning tashkil etilganiga 41 yil toʻlganligi munosabati bilan faxriylar, hokimlik vakillari, harbiy xizmatchilar hamda ularning oila azolari ishtirok etdi.

Harbiy qism tashkil topgan kun munosabati bilan tabrik uchun soʻzga chiqqan qoʻmondon oʻrinbosari polkovnik Davron Usmonov va Qibray tumani hokimi Miraʼzam Mirqosimov harbiy qismning barcha ishchi xodimlarini qutladi. Shundan so‘ng, mazkur harbiy qismda oʻz xizmatini oʻtayotgan ofitser va serjantlarning bir qanchasi turli darajadagi qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga, mudofaa vazirining tegishli buyrugʻiga asosan bir guruh harbiy xizmatchi ofitser va serjantlarning farzandlariga oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun tavsiyanomalar tantanali ravishda topshirildi.

Sherzod Sharipov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti