Hindistonda SHHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi boshlandi

0
7004

Bugun, 28-aprel kuni Hindiston poytaxti Nyu-Delida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishi boshlandi. Yig‘ilishda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov ham ishtirok etmoqda.

Shuningdek, SHHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlarining yig‘ilishida Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston mudofaa vazirlari ham ishtirok etyapti. Hindiston SHHT kuzatuvchilari maqomida bo‘lgan Belarus va Eronni ham taklif etgan. Pokiston mudofaa vaziri yig‘ilishda onlayn qatnashmoqda.

Yig‘ilishda mudofaa vazirlari mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik, SHHT doirasida terrorizmga qarshi kurash masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti