Qo‘shinlar xizmati bo‘yicha ko‘rgazmali mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi

0
836

Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida so‘ngi yillarda harbiy qism, shaxsiy tarkib, inshootlar hamda biriktirilgan hududlar, qo‘riqlanayotgan obyektlar va turar joylarni xavfsizligini ta’minlash va ko‘ngilsiz xodisalarni oldini olish borasida bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahridagi harbiy qismlarning birida qo‘shinlar xizmatini tashkillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rgazmali mashg‘ulot ham shular sirasiga kiradi.

Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarga qo‘shinlar xizmatini tashkillashtirish uchun yagona yondashuvni belgilashga doir rahbariy hujjatlar talablari yetkazilib, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar yuqori saviyada o‘tkazildi. Shuningdek, harbiy xizmatchilarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish, muhandislik aloqa vositalaridan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlar davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi xodimlari va Toshkent garnizoni Yong‘in nazorati inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan “Harbiy qismda yong‘in xavfsizligini tashkillashtirish tartibi”, “Harbiy qismda yong‘in sodir bo‘lganda mansabdor va javobgar shaxslarning harakati”, “Birlamchi yong‘inni o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi va taktik-texnik tavsifi” mavsularida ko‘rgazmali mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Bu kabi tadbirlar qo‘shinlarda jangovar xizmat sifatini yanada oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyala
r departamenti

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting