Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik ishlarini tashkil etish boʻyicha oʻquv-uslubiy yigʻin

0
1428

Markaziy harbiy okrugning Samarqand, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon va Navoiy garnizonlaridagi harbiy qism komandirlari hamda ularning tarbiyaviy va mafkurafiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirokida 2022/2023-oʻquv yilida okrug qoʻshinlarida amalga oshirilgan tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar tahlil etildi.

Yig‘in avvalida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev harbiy xizmatchilarga jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini tashkillashtirish borasida tegishli koʻrsatmalar berdi.

Shuningdek, yangi oʻquv yilida maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borish davomida harbiy xizmatchilarda milliy va jangovar ruhni yanada oshirish, harbiy xizmatchilarda idrok, tafakkur, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat kabi fazilatlarni oshirishga oid masalalar koʻrib chiqildi.

Bundan tashqari, yigʻin davomida harbiy xizmatchilar notiqlik san’ati va intellektual salohiyatni oshirish hamda noqonuniy diniy tashkilotlar taʼsiriga tushib qolishnining oldini olish borasidagi maʼruzalarni tingladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati