“Unutilmas qahramonlarga ehtirom” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

0
815

Xotira va qadrlash — xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug‘ fazilatlaridan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardog‘idadir.

Bugun, 27-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarini xotirlash maqsadida “Unutilmas qahramonlarga ehtirom” mavzusida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

Darhaqiqat, yoshlikning navqiron chog‘larini urush olovlarida, janggohlarda o‘tkazib, bugungi tinch va osoyishta hayotimiz uchun kurashgan insonlar jasorati beqiyosdir. Bu yurtimizda keng nishonlanib kelinadigan “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan tadbirlarda ona diyorimiz, xalqimizning ozodligi va istiqloli, erkin va farovon hayotini mardona himoya qilgan fidoyi yurtdoshlarimizga ko‘rsatilayotgan hurmat va ehtiromda yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

Uch avlod uchrashuvida so‘z olganlar o‘z tajribalari va bosib o‘tgan umr yo‘llaridagi qiyinchiliklarni so‘zlab, yoshlarni ona Vatanimizni sevishga, uni himoya qilishga hamisha tayyor bo‘lishlari kerakligini ta‘kidlashdi.

Tadbirning badiiy qismida Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari o‘zlarining vatanparvarlik ruhidagi kuy-qo‘shiqlari bilan barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va omnmaviy
kommunikatsiyalar departamenti