Bektemir Meliqo‘ziyev tantanali kutib olindi

0
897

Professional boksning super oʻrta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz, Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi katta leytenant Bektemir Meliqoʻziyev Las-Vegas shahridagi g‘alabasidan keyin yurtimizga qaytib keldi. Toshkent xalqaro aeroportida uni Mudofaa vazirligi mas’ullari, qarindoshlari va yaqinlari tantanali ravishda kutib oldi. 

AQSHning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida o‘zbekistonlik bokschiga Gabriel Rosado (26-17-1, 15 KO) raqib bo‘ldi. Jang to‘liq 10 raund davom etdi. Dastlabki ikki raund o‘rtacha tempda o‘tdi va kichik ustunlik Meliqo‘ziyev tomonidan bo‘ldi. Uchinchi raundga kelib Bektemir faollikni oshirdi va raqibiga sezilarli zarbalarni o‘tkaza oldi.

Beshinchi raundda Meliqo‘ziyev chap qo‘l zarbasidan keyin raqibini muvozanatdan chiqarishga erishdi. Keyingi uch raund ham O‘zbekiston vakilining yaqqol ustunligida o‘tdi. To‘qqizinchi raundda Bektemir zarbalar seriyasi orqali Rosadoga kuchli bosim o‘tkazdi. O‘ninchi raundda ham Meliqo‘ziyev raqibiga imkon qoldirmadi. Yakunda hakamlar bir ovozdan o‘zbekistonlik bokschining g‘alabasini qayd etdi — 99-91, 99-91, 99-91.

Shu tariqa Bektemir Rosadoga qarshi kechgan ikkinchi jangni g‘alaba bilan yakunlandi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti