Umumarmiya sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

0
2522

Joriy yilning 14—20-aprel kunlari Mudofaa vazirligi qo’shinlari miqyosida harbiy-amaliy va Olimpiya sport turlari bo‘yicha umumarmiya sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlar Toshkent harbiy okrugi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti va Mudofaa vazirligi sport markazi hududlarida o‘tkazildi.

Umumarmiya o‘yinlari Armiya o‘yinlarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi sport federatsiyalaridan yuqori malakali mutaxassislar va hakamlar jalb etildi.

Musobaqa ishtirokchilari “Armiya biatloni”, “O‘q otish sporti”, “Tosh ko‘tarish”, “Pichoq uloqtirish”, “HSK ko‘pkurashi”, “Yengil atletika”, “Qo‘l janggi”, “Milliy kurash”, “Ofitserlar uch kurashi”, “Badminton” kabi sport turlari, shuningdek,  3, 10 va 21 kilometr masofalarda yarim marafon yugurish bo‘yicha bellashdilar.

Musobaqalar natijalariga ko‘ra, sport turlari bo‘yicha jamoalar quyidagicha o‘rinlarni band qilishdi:

“Armiya biatloni”
1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi;
2-o‘rin — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
3-o‘rin — Sharqiy harbiy okrug.

“Armiya qo‘l jangi”
1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi;
2-o‘rin — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug;
3-o‘rin — Markaziy harbiy okrug.

“O‘q otish”
1-o‘rin — Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi;
2-o‘rin — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
3-o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi.

“Ofitserlar uchkurashi”
1-o‘rin — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug;
2-o‘rin — Markaziy harbiy okrug;
3-o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi.

“HSK ko‘pkurashi”
1-o‘rin — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
2-o‘rin — Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug;
3-o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi.

“Pichoq uloqtirish”
1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi;
2-o‘rin — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
3-o‘rin — Sharqiy harbiy okrug.

“Milliy kurash”
1-o‘rin — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug;
2-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi;
3-o‘rin — Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug.

“Tosh ko‘tarish”
1-o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi;
2-o‘rin — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug;
3-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi.

“Yengil atletika”
1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi;
2-o‘rin — Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug;
3-o‘rin — Markaziy harbiy okrug.

“Badminton”
1-o‘rin — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti;
2-o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi;
3-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi.

Mazkur 10 ta sport turi bo‘yicha umumiy natijalar:
1-o‘rin — Toshkent harbiy okrugi;
2-o‘rin — Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug;
3-o‘rin — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug.

Shu bilan birga, musobaqalarda sport turlari bo‘yicha yakka tartibdagi o‘rinlar ham belgilanib, kuchli uchlikar aniqlandi.

Bugun, 20-aprel kuni Qurolli Kuchlar akademiyasida g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining esdalik nishonlari, kubok va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti

 

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting