Qo‘shinlarda axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni tashkillashtirish tartibi bo‘yicha yig’in o‘tkazildi

0
1254

Markaziy harbiy okrugda okrug qo’shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev boshchiligida Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari, batalyon, vzvod hamda guruh komandirlari ishtirokida Qo‘shinlarda axloqiy-ruhiy tayyorgarlikni tashkillashtirish tartibi bo‘yicha o‘quv-amaliy yig’in o‘tkazildi.

Yig‘inda harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi bilan boshlanib, jangovar vazifalarni ado etishda axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning mazmun-mohiyati, shakl va uslublari bilan bog‘liq nazariy jihatlarini ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilarda vatanparvarlik, askariy birodarlik, sadoqat va fidoyilik sifatlarini shakllantirish, milliy g‘urur va jangovar ruhni oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish hamda mintaqada kechayotgan harbiy-siyosiy vaziyatlarni tahlil etish bo‘yicha tajriba almashildi.

Yig‘inning birinchi kuni axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning nazariy jihatlarini ko‘rib chiqish masalalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, soha mutaxassislarining nazariy bilimlari ham sinovlardan o‘tkazildi.

Yig‘inning ikkinchi kuni olingan nazariy bilimlarni “Sazagan” okrug poligonida amaliy jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari jarayonida mustahkamlashni o‘z ichiga oldi. Xususan, o‘q otish, taktik tayyorgarlik hamda jangovar mashinalarni boshqarish tayyorgarligi, jang maydoni va zararlangan hududlarda stress holatga tushgan harbiy xizmatchilarni jangovar ruhiyatini ko‘tarish bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkillashtirildi.

Shuningdek, ruhiy barqarorlik yo‘lagida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan psixologik kuzatuv hamda axloqiy-ruhiy ta’minot punktini yoyish ishlari namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati