Jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarini yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha yigʻin boʻlib oʻtmoqda

0
3421

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari harbiy qism hamda muassasalardagi batalyon va vzvod komandirlari bilan jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarini sifatli tashkillashtirish maqsadida Andijon garnizonidagi harbiy qism bazasida 5 kunlik oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtmoqda.

Yig’in avvalida Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondondoni general-mayor Aybek Saidov tegishli ko’rsatmalarni berib o’tdi. Oʻquv-uslubiy yigʻinni oʻtkazishdan asosiy maqsad yuqori qoʻmondonlik tomonidan tegishli koʻrsatmalar talablarini yetkazish, boʻysunuvdagi boʻlinmalarda komandirlik va jangovar tayyorgarlik tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish, shaxsiy javobgarlik hissini oshirishdan iborat.

Shuningdek, jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarini tashkillashtirishning uslub va amallari, jangovar tayyorgarlik tadbirlarini tashkillashtirish va oʻtkazishda, yangi pedogogik texnologiyalarni qoʻllash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy interaktiv oʻqitish shakl va usullarini oʻrgatish hamda oʻquv moddiy bazalardan oqilona foydalanish ham yig‘in maqsadi sifatida belgilangan.

Bundan tashqari, yigʻin davomida ishtirokchilarga jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlarini oʻtkazish tartiblari boʻyicha amaliy ravishda ham mashgʻulotlar tashkillashtirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati