Umumarmiya sport musboqalari qizg‘in pallaga kirdi

0
1258

Mudofaa vazirligi qo‘shinlari miqyosida o‘tkaziladigan harbiy-amaliy va Olimpiya sport turlari bo‘yicha umumarmiya sport musboqalarining Mudofaa vazirligi bosqichi boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bugun, 17-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida musobaqaning qator shartlari bo‘lib o‘tdi.

Xususan, badminton sharti xalqaro badminton qoidalariga asosan uchta geymda o‘tkazildi: yakkalik va juftlik bahslari. Jamoa tarkibida 2 ta erkak va 2 ta ayol harbiy xizmatchilar yakkalik hamda juftlik bahslarida ishtirok etishdi. 21 ochko yiqqan sportchilar geym g‘olibi bo‘ldi.

Kurash musobaqasi esa 6 nafardan ishtirokchi va quyidagi vazn toifalariga bo‘lingan holda tashkil etildi: -66 kg; -73 kg; -81 kg; -90 kg; 100 kg hamda 100 kilogrammdan yuqori.

Shuningdek, otish sporti, pichoq uloqtirish va suzish shartlari ham Mudofaa vazirligi qo‘shinlari miqyosida armiya o‘yinlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomga mos ravishda o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti