Hech kim e’tibordan chetda emas

0
567

Mudofaa vazirligi hamda boshqa hamkor davlat tashkilotlari bilan birgalikda Ohangaron shahri va tumanida Ishchi guruh tomonidan aholi oʻrtasida oʻrganilgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish boʻyicha bir qancha ishlar olib borilmoqda.

Bugun ham shu xayrli ishlarning uzviy davomi sifatida nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy va psixologik koʻmak koʻrsatadigan “Muruvvat uyi”da ehson dasturxoni yozildi. Doshqozonda osh damlanib, koʻngillarga oz boʻlsada quvonch ulashish maqsadida harbiy orkestr ijrosida kuy va qoʻshiqlar yangradi.

Keyingi manzil Ohangoron tumanidagi “Yonariq” mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli “Aqcha” qishlogʻi boʻldi. U yerda boquvchisini yoʻqotgan Shohista Razzoqova xonadonida keng koʻlamli qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Boʻlayotgan oʻzgarishlardan xonadon egasining koʻngli toʻqligini va xayrli ishlarga bosh qoʻshgan barchaga oʻz minnatdorligi bildirdi.

Xuddi shu tumanda joylashgan 26-maktab hovlisidan burgʻulash orqali aholining ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Sherzod SHARIPOV, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti.