Samarqand va Navoiy viloyatlarining o‘quvchi yoshlari amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi

0
722

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi “Sazagan” poligonida Samarqand viloyatidagi, Navoiy garnizondagi dala-o‘quv maydonida esa Navoiy viloyatidagi umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari bir kunlik boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘tab, amaliy o‘q otish mashqini bajardi.

Amaliy mashqlar bajarilishidan oldin malakali ofitser va serjantlar rahbarligida yuqori sinf o‘quvchilarining jangovar qurollar bilan muomala qilishn, ulardan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, o‘quv nuqtalarida granatalarni uloqtirish, avtomat o‘qdonini patron bilan o‘qlash, aniq mo‘ljalga olishni o‘rganish, turli holatlardan qurolni otishga tayyorlash, avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish kabi mashqlar yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan bajarildi.

Birinchi marotaba quroldan amaliy o‘q otish mashqlarini bajargan yoshlar 100 metr uzoqlikda turgan nishonlarga qarata 3 donadan o‘q uzib, Chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanidan olgan nazariy bilimlarini amalda mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldi.

Yakunda mashg‘ulotlar davomida yuqori natija ko‘rsatgan bir guruh o‘quvchi yoshlarga viloyatlar hokimliklari, okrug qo‘mondonligi hamda Mudofaa ishlar boshqarmalarining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati