Harbiy xizmatchilar ishtirokida xayriya tadbiri o‘tkazildi

0
952

Qorqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida joylashgan Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism tashabbusi bilan Nukus harbiy prokuraturasi hamkorligida tumandagi “Mehribonlik uyi”ga xayriya tadbiri tashkillashtirildi.

Xayriya tadbiri avvalida harbiy xizmatchilar “Mehribonlik uyi” hududiga 100 ga yaqin mevali va manzarali daraxt koʻchatlarini ekib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirdi.

Shundan soʻng, Nukus harbiy prokurori hamda harbiy qism shaxsiy tarkibi nomidan “Mehribonlik uyi”da tarbiyalanayotgan bolajonlar uchun shirinliklar, turli xil oʻyinchoqlar va ularning ehtiyoji uchun zarur boʻlgan yuvinish anjomlari topshirildi. Bolajonlar tomonidan ijro etgan sahna koʻrinishlari esa barchaga xush kayfiyat ulashishga xizmat qildi.

Tadbir soʻngida tashrif buyurgan mutasaddilar bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib chiqdi va muammoli masalalarni ham oʻrganib, yechimi boʻyicha soha mutaxassislariga koʻrsatmalar berildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti