Samarqandda harbiy qism tashkil etilgan kun nishonlandi

0
1660

Markaziy harbiy okrugga qarashli Samarqand garnizonidagi harbiy qismda harbiy qism tashkil etilganining 24 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Farrux Ziyabayev hamda uning o‘rinbosarlari, faxriylar, jamoatchilik vakillari, harbiy qism shaxsiy tarkibi va ularning oila a’zolari ishtirok etdi.

Qo‘mondon o‘zining tabrik so‘zida harbiy qism shaxsiy tarkibini ushbu qutlug‘ sana bilan muborakbod etib, yurt posbonlarining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, milliy armiyamiz saflarida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ushbu harbiy qism harbiy xizmatchilari uzoq yillar davomida turli taktik o‘quv mashg‘ulotlarida, umumarmiya o‘yinlarida, qolaversa, xalqaro musobaqalarda faol qatnashib, O‘zbekiston bayrog‘i baland ko‘tarilishiga munosib hissa qo‘shgani e’tirof etildi.

Sana munosabati bilan qo‘mondon jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik borasida, harbiy okrug, Mudofaa vazirligi va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muayyan yutuqlarga erishgan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda munosib hissa bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvon va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati