Jahon kubogiga tayyorgarlik yuqori darajada boʻldi

0
432

Bugun, 12-aprel kuni Peru poytaxti Lima shahrida oʻq otish sporti boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oladi. Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi masʼuliyatli musobaqadan avval Janubiy Amerika ochiq kubogida qatnashdi.

Mazkur turnirning birinchi kunida pnevmatik miltiqdan otish dasturida hamyurtlarimiz ikkita oltin medalga sazovor boʻldi. Shundan soʻng sportchilarimiz yana 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa merganlarimiz ushbu musobaqada jami 7 ta medal jamgʻardi.

Murosasiz kechgan ushbu bahslarda Mudofaa vazirligi sportchilarining medallar jamg’armasiga o’z hissalarini qo’shganlari quvonarli hol, albatta.

Turnir davomida shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz:

Oltin medal:

  • Pnevmatik toʻpponcha, mikst: Muhammad Kamalov, Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Qurolli Kuchlar xizmatchisi Sitora Ergashboyeva.

Pnevmatik toʻpponcha, erkaklar oʻrtasida jamoaviy dastur:

  • Pnevmatik miltiq — Javohir Sohibov;
  • Pnevmatik miltiq — Gulbonu Qambarbekova.

Kumush medal:

  • Pnevmatik toʻpponcha — Muhammad Kamalov.

Bronza medal:

  • Pnevmatik miltiq — Javohir Sohibov, Gulbonu Qambarbekova;
  • Pnevmatik toʻpponcha — Mudofaa vazirligi Sport markazi sportchisi Vladimir Svechnikov.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti