MDHga a’zo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi muvofiqlashtiruvchi qoʻmita yig‘ilishi yakunlandi

0
1113

Bugun, 12-aprel kuni Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning 56-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda havo hujumidan mudofaa birlashgan tizimini takomillashtirish, shuningdek, MDHga aʼzo davlatlarning HXM sohasidagi ikki tomonlama va koʻp tomonlama harbiy hamkorligini yanada mustahkamlashga oid 14 ta masala koʻrib chiqildi.

Shuningdek, yigʻilish davomida muvofiqlashtiruvchi qoʻmita va uning ishchi organlarining 2022-yildagi faoliyati yakunlari koʻrib chiqilib, 2023-yilning birinchi yarmi uchun moʻljallangan vazifalar belgilandi.

Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita yigʻilishi konstruktiv va ishchan ruhda yakunlandi.

Shundan soʻng Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita yigʻilishi ishtirokchilari esdalik uchun rasmga tushib, harbiy shaharchada joylashgan zamonaviy oʻquv binolari, tarixiy qahramonlarimiz, ulugʻ siymolarga bagʻishlangan xonalar bilan yaqindan tanishdi.