Samarqandda MDHga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi muvofiqlashtirish qoʻmita yigʻilishi boshlandi

0
976

Bugun,12-aprel kuni Samarqand shahrida MDH ishtirokchi davlatlarining mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari boʻyicha muvofiqlashtirish qoʻmitasining navbatdagi kengash yigʻilishi boshlandi.

Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita yigʻilishida Armaniston Respublikasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston Respublikasi, Qirgʻiz Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Ijroiya qoʻmitasi, MDHga aʼzo davlatlar mudofaa vazirlari kengashi kotibiyati, Rossiya Federatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasining harbiy-sanoat kompleksi, MDHga aʼzo davlatlarning havo hujumidan mudofaa muammolarini oʻrganish va harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi bazaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Yigʻilishdan avval Kengash ishtirokchilari “Motamsaro ona” monumenti majmuasiga gulchambarlar qoʻyishdi.

Shundan soʻng kengash ishtirokchilari Markaziy harbiy okrugning situatsion markaziga yetib kelishdi. Kengash yigʻilishini samimiy tabrik soʻzi bilan Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birinchi oʻrinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligʻi general-mayor Shuxrat Xalmuhamedov ochib berdi hamda kengash yigʻilishini samarali va konstruktiv ravishda oʻtishini tiladi.

Kengash yigʻilishi davom etmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti