Askarlarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashuvchi psixologik treninglar oʻtkazildi

0
623

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida muddatli harbiy xizmatni oʻtash uchun yaqinda kelgan askarlarning ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish hamda ularning emotsional holatini yaxshilash maqsadida psixologik treninglar tashkil etilmoqda.

Dastlab, harbiy psixologlar tomonidan salbiy axborot-psixologik xurujdan himoyalanishning zamonaviy usullari, ularni bartaraf etish, axborotni toʻgʻri tahlil qilishni oʻrganish boʻyicha mashg‘ulot o‘tkazildi.

Amaliy trening mashgʻulotlarida jamoaviylikni shakllantirish, umumiy kayfiyatni yaxshilashga qaratilgan “Piramida”, “Tugunni yechish”, “Oʻrgimchak uyasi” va “Chorraha” kabi oʻyinlar, shaxs hamda jamoada tezkor vazifalarni bajarish suratini shakllantirishga yoʻnaltirilgan “Tezkor koptok” treninggi, jamoada oʻzaro hurmat, ijobiy munosabatlar, samimiylik, doʻstlikni mustahkamlash yo‘lida “Tezkor jamoa” kabi psixologik treninglari oʻtkazildi.

Qolaversa, jismoniy va ruhiy taʻsirlarga bardosh berish, axloqiy-ruhiy holatini talablarga mos ravishda boshqarish, xavf-xatarlarga qarshi tura olish koʻnikmalarini mustahkamlashga qaratilgan mashgʻulotlar ham ham e’tibordan chetda qolmadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati