Yana uchta viloyatda yoshlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi

0
2809

Bugun, 10-aprel kuni Markaziy harbiy okrugning Jizzax, Samarqand va Navoiy garnizonlarida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kuzatishga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimliklari, Mudofaa ishlari boshqarmalari, Faxriylar kengashi, “Nuroniy” jamg‘armasi vakillari hamda chaqiriluvchilarning yaqinlari katta maqsadlar sari Vatan oldidagi yigitlik burchini ado etishga otlanayotgan yoshlarga Qurolli Kuchlarimizning muhim boʻgʻini boʻlishiga ishonch bildirib, oʻgʻlonlarning sohada chuqur bilim va tajribaga ega boʻlishlarini tilashdi.

Shundan so’ng, yuzlab tengdoshlari orasidan saralangan va murakkab sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtishgan o‘zbekning mard va jasur o‘g‘lonlariga hokimliklarning sovga’lari topshirildi.

Mehmonlar uchun tashkil qilingan konsert dasturlari va bayram dasturxoni barchaga yorqin lahzalarni, unutilmas damlarni taqdim etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati