“Jasorat maktabi” yig‘ini ishtirokchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi

0
582

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Termiz umumqoʻshin dala maydonida joylashgan harbiy qismda oʻtkazilayotgan “Jasorat maktabi” yigʻini ishtirokchilarining harbiy qismda olgan taassurotlarini bilish va ular orasidan milliy armiyamiz saflarida qolish istagini bildirgan yoshlarga yangi imkoniyatlar taqdim etish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida gulxan atrofida samimiy suhbat oʻtkazildi.

Suhbat avvalida Janubiy operativ qoʻmondonligi boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Alisher Shirinov soʻzga chiqib, mazkur yigʻin yoshlar uchun kutilmagan koʻp imkoniyatlar taqdim etishini ta’kidladi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan uchrashuv davomida soʻzga chiqqan yoshlar qisqa fursatlarda kasb-hunarga, tartib-intizomga, Vatan uchun xizmat qilish har bir insonning muqaddas burchi ekanligini, tinchlikni, ota-onasini qadriga yetishni oʻrganganliklarini hamda harbiy xizmatga qiziqishi ortganini taʼkidlab, buning uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib bergan hukumatimizga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Uchrashuv davomida isʼtedodli yoshlar ijrosida yangragan kuy-qoʻshiqlar yig‘in ishtirokchilariga unutilmas onlarni taqdim etdi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnozoni