Olmaliq shahri aholisi bepul tibbiy ko‘rikdan oʻtkazildi

0
649

Oʻzbekiston Prezidentining 2017-yildagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorining ijrosini taʻminlash maqsadida Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi harbiy qism tashabbusi bilan Olmaliq shahridagi “Zarbuloq” mahalla fuqarolar yigʻini binosida mahalliy aholi vakillari bepul tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Unga shahardagi “Zarbuloq”, “Tinchlik” va “Chanbil” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi bolalar, yosh oilalar hamda nuroniylarga xizmat ko‘rsatildi.

Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali hamda “Sogʻlom avlod uchun” xayriya fondining mutaxassis shifokorlari, Toshkent viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasining koʻchma rengenografiyasi tomonidan ayollar, bolalar va keksa yoshdagi nuroniylar tibbiy koʻrikdan, laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazildi.

Tibbiy koʻrik natijasiga koʻra, ayrim bemorlarga 12 turdagi dori vositalari “Sogʻlom avlod uchun” xayriya fondi tomonidan bepul tarqatildi. Aholida tibbiy madaniyatni oshirish maqsadida, mutaxassis shifokorlar tomonidan “Reproduktiv salomatlik”, “Zamonaviy kontraseptsiya vositalari”, “Yod tanqisligi kasalliklari” va “Qarindoshlar oʻrtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari” mavzularida targʻibot-tashviqot ishlari ham olib borildi.

Pediator, psixolog, lor, nevropatolog, dermatolog, okulist, terapevt, endokrinolog, kardiolog, ginekolog, mammolog, UTT shifokori va laboratoriya mutaxassislari, jami 20 nafardan oshiq shifokorlar va hamshiralar shahar aholisiga o‘z maslahatlarini ayamadi. 

Oʻtkazilgan tibbiy koʻrikda 250 dan oshiq fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan boʻlsa, 12 nafariga Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida statsionar, 5 nafar fuqaroga esa chuqurlashtirilgan ambulator davolanishiga yoʻllanma berildi.

Shu kuni harbiy xizmatchilar va tibbiyot xodimlari Olmaliq shahar “Zarbuloq” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ashir Oʻsarov otaning holidan ham xabar oldi. Germaniya va Yaponiyadagi urushlarda ishtirok etgan Ashir ota bugungi kunda malakatimizda keksa avlod vakillariga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklardan mamnunligini bildirib oʻtdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti