Yuqori sifatli mashgʻulotlarni tashkil etish boʻyicha yigʻin oʻtkazildi

0
850

Sharqiy harbiy okrug Manaviyat va Maʻrifat markazida harbiy qism va muassasalarning Maʻnaviy-maʻrifiy tayyorgarlik guruh rahbarlari bilan oʻquv-uslubiy yigʻin boʻlib oʻtdi.

Yigʻinda Sharqiy harbiy orkug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Aybek Saidov ham ishtirok etib, boʻlinmalarda maʻnaviy-maʻrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini sifatli tashkil etish va oʻtkazishda guruh rahbarlarining oʻrni, keng dunyoqarashga ega va yuksak maʻnaviyatli harbiy xizmatchilarni tarbiyalashdagi muhim vositalar hamda shaxsiy tarkib bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlarni samarali va natijador oʻtkazish boʻyicha vazifalar belgilab berdi.

Oʻquv-uslubiy yigʻin davomida, yigʻin maqsadi, soha yangiliklari va muhim talablar, mashgʻulotlarni sifatli oʻtkazish uchun zaruriy interfaol uslublarga alohida eʻtibor qaratildi.

Okrug tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi ofitserlari, harbiy psixolog, Fargʻona harbiy prokuraturasi hamda Fargʻona davlat universitetining professor-oʻqituvchilari tomonidan yigʻin ishtirokchilariga sohaga oid maʻruzalar yetkazildi.

Harbiy qism va muassasalarda maʻnaviy-maʻrifiy tayyorgarlik mashgʻulotlarini sifatli tashkillashtirish boʻyicha koʻrgazmali mashgʻulotlar namoyish etildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati