“Sogʻlom turmush – uzoq umr kafolati”

0
467

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi bilan hamkorlikda 6-aprel – Xalqaro sport hamda 7-aprel – Butunjahon salomatlik kunlari munosabati bilan “Sogʻlom turmush – uzoq umr kafolati” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi hamda Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qoʻmondon muhandislik bilim yurti vakillari, universitet rahbariyati, harbiylar, professor-oʻqituvchilar, murabbiylar hamda sportchi talaba-yoshlar, OAV vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni oliygohning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʻyicha birinchi prorektori N.Dusanov ochib berdi. Oʻz oʻrnida bir qator faxriy mehmonlar ham sport – butun dunyoga tinchlik ulashuvchi kuch ekanligi va ushbu sanalarni jahon boʻyicha keng ravishda nishonlanishidan asosiy maqsad, insonlarning salomatligi va farovonligi muhofazasi yoʻlida birgalikda harakat qilishdan iborat ekanligini alohida qayd etishdi.

Shuningdek, tadbir doirasida tashkil etilgan turli sport anjomlari, kuboklar, medallar koʻrgazmasi, sport ustalari va harbiylarning oʻziga xos chiqishlari hamda Qurolli Kuchlar markaziy ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar-u, jozibador raqslar ham tadbirga oʻzgacha koʻrk baxsh etdi.

Kapitan Aziz Norqulov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti