Andijonlik oʻquvchi-yoshlar bilan amaliy otish mashgʻuloti oʻtkazildi

0
643

Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari dala-oʻquv maydonlarida umumtaʼlim maktablarining 11-sinf oʻquvchilari bilan har yili mart-may oylarida amaliy otish mashgʻulotlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Ana shu rejaga muvofiq “Andijon” dala-oʻquv maydonida 2 000 nafardan ortiq 11-sinf oʻquvchilari bilan amaliy otish mashgʻulotlari oʻtkazildi. Oʻquvchilarning xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari harbiy xizmatchilar tomonidan nazorat qilib borildi.

Joriy yilning aprel oyi davomida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari dala-oʻquv maydonlarida jami 763 ta umumtaʼlim maktablarining 14,3 mingdan ziyod 11-sinf oʻquvchilari oʻq otish mashgʻulotida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bunday amaliy mashgʻulotlarning oʻtkazilishidan koʻzlangan asosiy maqsad yoshlarimizni ona yurtga mehr-muhabbat, sadoqat, mardlik va jasorat ruhida tarbiyalash, kelgusida milliy armiyamiz saflarida xizmat qilishlariga zamin yaratish hamda Vatan himoyachisi uchun zarur boʻlgan dastlabki amaliy koʻnikmalarini shakllantirishdan iboratdir.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati