Texnika va qurol-aslahalar yozgi mavsumda foydalanishga tayyorlanmoqda

0
725

Toshkent, Chirchiq, Angren garnizonlari hamda Sirdaryo viloyatidagi harbiy qism va muassasalarda muhandis-texnik mutaxassislar tarkibidagi ofitser va serjantlar, guruh, vzvod va batyalon komandirlari hamda bevosita harbiy texnikalar ekspluatatsiyasiga mas’ul shaxslar bilan birga harbiy avtomobil nazorati xodimlari ishtirokida ko‘rgazmali uslubiy o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.

Qurol-aslaha va harbiy texniklarni yozgi mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rgazmali uslubiy yig’indan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy texnikalarni yuqori jangovar shaylik darajasida ushlab turish hamda ob-havoning issiq sharoitida sozligini ta’minlashdan iboratdir.

Har bir o‘quv nuqtasida harbiy xizmatchi o‘ziga biriktirilgan qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning soz va shayligi uchun mas’ulligini inobatga olgan holda ko‘p yillik tajriba ega harbiy xizmatchilar nazoratida o‘zlari amalda bajarib ko‘rsatishdi.

Shuningdek, sovutish suyuqliklari almashtirish, jangovar mashina agregat va tugunlarini tekshirish, filtrlarni tozalash va almashtirish ishlari, yoqilg‘i-moylash ashyolarini yangilash hamda elektr va aloqa jihozlarining sozligini nazoratga olish bo‘yicha mashg‘uloltlar o‘tkazildi.

Harbiy texnika va qurol-yarogʻlarni yozgi hamda qishki mavsumlarda foydalanishga hozirlash ishlari yiliga ikki marotaba oʻtkaziladi. Koʻrgazmali mashgʻulotni tashkil etish uchun harbiy qismning jangovar va harbiy texnikalarni saqlash parkida jangovar mashina, tank, zirhli transportyor, zenit-artilleriya qurilmalari, maxsus texnika, qurol-yarogʻ va boshqa texnikalarni yozgi sharoitda foydalanish rejimiga oʻtkazish ishlari boʻyicha mutaxassislar tomonidan yoʻriqnomalar berildi.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati