Samarqandda “Temurbeklar maktabi”ning hududiy komissiya a’zolari ishtirokida yigʻin oʻtkazildi

0
1096

Markaziy harbiy okrugda Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, DXX Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiya va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Samarqand, Jizzax hamda Navoiy viloyatlaridagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilish boʻyicha harbiy-kasbiy tanlov oʻtkazish uchun maxsus idoralararo komissiyasi a’zolari ishtirokida yigʻin oʻtkazildi.

Unda dastlab kommisiya a’zolariga “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylariga oʻquvchilarni qabul qilishda, huquqiy-normativ hujjatlarga asosan amalga oshiriladigan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek, nomzodlarning “Temurbeklar maktabi”da oʻqish istagini bildirib, tuman mudofaa ishlari boʻlimiga ariza topshirgach, ular bilan oʻtkaziladigan dastlabki va yakuniy tibbiy koʻrik, diktant yozish, psixologik test, jismoniy tayyorgarlik hamda yakka tartibda oʻtkaziladigan suhbatning talablari va nizomlari yetkazildi.

Yigʻin davomida ishtirokchilar yoshlarning nomzod sifatida ariza bergunga qadar aql-zakovati, umumiy intellektual salohiyatiga va xotirasi, mantiqiy fikrlashi, ziyrakligi, tafakkur shakllarining rivojlanganlik darajasi, fikrlash tezligi va tahlil qilish qobiliyatlari, psixik turgʻunligi va samimiyligiga alohida e’tibor qaratish lozimligi haqida oʻzaro fikr almashdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati