Termizda ommaviy qabul o‘tkazildi

0
942

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamkorligida Termiz shahridagi “Yoshlar markazi” binosida harbiy xizmatchilari hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mavjud muammolarini joylarga chiqqan holda oʻrganish maqsadida ommaviy qabul oʻtkazildi.

Qabulda respublika harbiy prokurorining oʻrinbosari Qahramon Isroilov, Milliy gvardiya qoʻmondoning oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov hamda Mudofaa vazirligi mas’ullari, Surxondaryo viloyati Xalq qabulxonasi rahbariyati va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Qabulda 400 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari qatnashib, oʻzlarini qiynayotgan muammolar bilan mutasaddilarga murojaat qildilar. Bu kabi murojaatlarning 75 tasi joyida ijobiy hal qilingan bo‘lsa, 33 tasi boʻyicha tushuntirishlar berildi hamda 7 ta murojaat ijrosi alohida nazoratga olindi.

III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizrni