“Jasorat maktabi” yigʻinida yoshlarimiz faol ishtirok etmoqda

0
497

Avval xabar berganimizdek, Andijon garnizonidagi harbiy qismda “Jasorat maktabi” yigʻinining navbatdagi mavsumida viloyatning 100 nafar yoshlari qatnashmoqda.

Bugungi kunda mazkur yigʻin ishtirokchilari, malakali harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy tayyorgarlik, buyuk ajdodlarimizning maʼnaviy va madaniy meroslari haqida mashgʻulotlar, jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlari oʻtkazilib kelinmoqda. Viloyat monomarkazining “Ishga marhamat” xodimlari esa yig‘in ishtirokchilariga kasbga yoʻnaltiruvchi amaliy mashgʻulotlarni tashkil etgan. Bundan tashqari, Andijon davlat pedogogika institutining professor oʻqituvchilari ham o‘zlarining nazariy bilimlarini yoshlar bilan bo‘lishmoqda.

Yoshlarimiz esa har bir mashgʻulotlarda faol ishtirok etyapti. Ta’kidlash kerakki, 10 kunlik oʻquv yigʻinini yoshlarimiz biror kasbning etagini tugan holda yakunlaydi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar Andijon viloyatining 300 nafar yoshlari mazkur oʻquv yigʻinida ishtirok etdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati