Inson aziz — xotira muqaddas

0
672

Vatan himoyasi yoʼlida jon fido qilgan insonlarni yodga olish, ularni xotirlash xalqimizning eng oliy fazilatlaridan hisoblanadi. Shu bois harbiy xizmat oʼtash vaqtida mardlarcha halok boʼlgan harbiy xizmatchilarni xotirlash, ularning yaqinlari holidan xabar olish maqsadida Sharqiy harbiy okrug qoʼshinlari qoʼmondonining oʼrinbosarlari bir guruh ofitserlar bilan birgalikda Namangan va Andijon viloyatlarida bo‘ldi. 

Mas’ullar xizmat burchlarini bajarish vaqtida mardlarcha halok boʼlgan katta leytenant Kamoliddin Toshpo‘latov va kontrakt boʼyicha harbiy xizmat oddiy askari Alimardon Karimov, katta leytenant, Jalolov Sayfiddin, kichik serjant Anvarjon Otabekov va kapitan Rajabboy Roʼziboevning xonadonlariga tashrif buyurdilar.

 

Ularning oila aʼzolariga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-martdagi Vatan himoyasi yoʼlida halok boʼlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʼllab-quvvatlashni kuchaytirishga oid farmonining mazmun mohiyati tushuntirib berildi.

Uchrashuv davomida Vatan himoyasi va yel-yurtimiz tinchligi yoʼlida halok boʼlgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari hamda ularning qaramogʼidagi shaxslar har tomonlama qoʼllab-quvvatlanishi, ularga gʼamxoʼrlik qilish va doimi hurmat-e’tiborda bo‘lishlari ta’kidlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati