Andijonda “Jasorat maktabi”ning navbatdagi mavsumi yoshlarni jamladi

0
585

Bosh maqsadi yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash etib belgilangan “Jasorat maktabi” yig‘inining navbatdagi mavsumida maʻnan va jismonan toblanish uchun Andijon viloyatining 100 nafar yoshlari jam bo‘ldi.

Viloyatdagi harbiy qismlarning birida tashkil etilgan “Jasorat maktabi”ning boshlanishiga bagʻishlangan tantanali marosim taassurotlarga boy, yoshlarda koʻtarinki ruh bahshida etadigan muhitda boshlandi.

Unda yoshlarimizga loyihaning mohiyati haqida batafsil tushunchalar berilib, oldinda oʻtadigan 10 kun vaqtini besamar ketkazmaslik, kelgusida hayot yoʻllarida kerak boʻladigan kasbni oʻzlashtirib olishlari lozimligi ta’kidlandi.

Harbiy mashgʻulotlarda ishtirok etish uchun inson sogʻlom boʻlishi talab etiladi. Shu bois harbiy shifokorlar va psixologlar tomonidan dastlab yigʻin ishtirokchilari jismoniy hamda ruhiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Taʻkidlash kerakki, yigʻin davomida nafaqat harbiy koʻnikmalar, balki belgilangan reja asosida buyuk ajdodlarimiz bosib oʻtgan yoʻllari, kasbga yoʻnaltiruvchi, tadbirkorlikdan dastlabki saboqlar singari turli yoʻnalishlarda bilim berib borish koʻzda tutilgan.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati