Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar uylariga kuzatildi

0
3748

2022-yil muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan hamda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrugning Nukus va Urganch garnizonlarida yigitlik burchini yorugʻ yuz bilan oʻtab boʻlgan askarlar tantana bilan kuzatildi.

Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan marosimda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari polkovnik Dilshod Ilhomov, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi hamda Faxriylar ishlari boʻyicha kengashi aʼzolari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda harbiy xizmatchilar qatnashdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar yigitlik burchini munosib bajarib, uylariga yorugʻ yuz bilan qaytayotgan askarlarga kelajakda ham Vatan, el-yurt uchun jonkuyar, fidoyi inson boʻlib qolishlarini tilashdi.

Tantana davomida muddatli harbiy xizmatchilarga oliy taʼlim muassasalarga oʻqishga kirishda qoʻshimcha ball beradigan harbiy qism qoʻmondonligining imtiyozli tavsiyanomalari topshirilib, bir guruh askarlar ota-onalariga tashakkurnomalar, faxriy yorliq bilan mukofotlandi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrugning Navoiy, Jizzax hamda Kattaqo‘rg‘on garnizonlarida Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tab, muddatli harbiy xizmatni yakunlagan askarlarga okrug qo‘mondonligi tomonidan minnatdorchilik bildirildi.

Yigitlarni uylariga kuzatish arafasida Navoiy va Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi harbiy qismda va “Forish” tog‘ poligonida o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqan okrug qo‘mondonligi, Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari va hokimlar o‘z xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajargan askarlar qutlab, ularning kelgusi faoliyatiga zafarlar tiladi.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatchilar respublika, Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab sport musobaqalarida, xotira turnir va chempionatlarda harbiy okrug sharafini munosib himoya qilib, hududagi yoshlarga na’muna bolganini e’tirof etib, kelajakda ham Vatan, el-yurt uchun jonkuyar, fidoyi inson bo‘lib qolishlarini tiladi.

Tantanalar davomida garnizonlarda yuzlab muddatli harbiy xizmatchilarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomalari topshirilib, ota-onalariga harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligining tashakkurnomasi hamda faxriy yorliqlar berildi.

Shundan soʻng Mudofaa vazirligining buyurtmasiga asosan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan taqdim etilgan maxsus harbiy eshelon bilan harbiy orkestr sadolari ostida uylariga joʻnab ketishdi.

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting