Harbiy texnika va qurol-aslahalar yozgi mavsumda foydalanishga tayyorlanmoqda

0
1659

Qahraton qishning injiqliklariga bardosh berib, jangovar shay va soz holatda saqlangan harbiy texnika va qurol-aslahalarni endilikda oʻlkamizning Shimoli-gʻarbiy hududlarida kuzatiladigan yozning quruq va issiq havosiga tayyorlash ishlari boshlanishidan oldin Nukus va Urganch garnizonlaridagi harbiy qism va muassasalarning komandirlari hamda texnikalarga javobgar shaxslari ishtirokida koʻrgazmali mashgʻulot tashkil etildi.

Mazkur kompleks tadbirlar harbiy texnika va qurol-aslahalarni yuqori jangovar shaylik darajasida ushlab turish hamda ob-havoning issiq sharoitida foydalanishga hozirlash uchun oʻtkaziladi.

Taʼkidlash joizki, Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida eng masʼuliyatli tadbirlardan boʻlgan qurol-yarogʻ va harbiy texnikalarni yozgi hamda qishki mavsumlarda foydalanishga hozirlash ishlari yiliga ikki marotaba oʻtkaziladi. Qoʻshinlarda yuksak jangovar shaylikni taʼminlash, texnika va qurol-yarogʻlarning doim soz va shay holatda saqlash maqsadida oʻtkazilayotgan mazkur tadbirlarda ishni tashkil etish, texnikalarga texnik xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda xavfsizlik qoidalariga amal qilish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Nukus garnizonidagi harbiy qismlarning birida qurol-yarogʻ va harbiy texnikalarni mavsumiy foydalanish rejimiga oʻtkazish boʻyicha tashkil etilgan koʻrgazmali mashgʻulotda Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni general-mayor Farhodjon Shermatov harbiy texnika va qurol-aslahalarning jangovar shayligini taʼminlash, ularni soz holatda saqlashda koʻrsatilayotgan texnik xizmatlarning ahamiyati taʼkidlab oʻtdi. Har bir komandir, har bir harbiy xizmatchi oʻziga biriktirilgan qurol-yarogʻ va harbiy texnikaning soz va shayligi uchun masʼul ekanligi eslatildi.

Koʻrgazmali mashgʻulotni tashkil etish uchun harbiy qismning jangovar va harbiy texnikalarni saqlash parkida jangovar mashina, tank, zirhli transportyor, zenit-artilleriya qurilmalari, maxsus texnika, qurol-yarogʻ va boshqa texnikalarni qishki sharoitda foydalanish rejimiga oʻtkazish ishlari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan yoʻriqnomalar berildi. 

Shuningdek, Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlaridagi harbiy qism va muassasalar muhandis-texnik mutaxassislar tarkibidagi ofitser va serjantlar, guruh, vzvod va batyalon komandirlari hamda bevosita harbiy texnikalar ekspluatatsiyasiga mas’ul shaxslar bilan birga harbiy avtomobil nazoratixodimlari ishtirokida ko‘rgazmali uslubiy o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.

Qurol-aslaha va harbiy texniklarni yozgi mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘tkazilgan ko‘rgazmali uslubiy yig’indan ko‘zlangan asosiy maqsad harbiy texnikalarni yuqori jangovar shaylik darajasida ushlab turish hamda ob-havoning issiq sharoitida sozligini ta’minlashdan iboratdir.

Mashg‘ulotda qurol-aslaha va harbiy texnikalarga mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish vaqtida bajariladigan ishlar tartibi va hajmi bo‘yicha shaxsiy tarkibga ma’lumotlar berildi.

Har bir o‘quv nuqtasida harbiy xizmatchi o‘ziga biriktirilgan qurol-yarog‘ va harbiy texnikaning soz va shayligi uchun mas’ulligini inobatga olgan holda ko‘p yillik tajriba ega harbiy xizmatchilar nazoratida o‘zlari amalda bajarib ko‘rsatishdi.

Shuningdek, sovutish suyuqliklari almashtirish, jangovar mashina agregat va tugunlarini tekshirish, filtrlarni tozalash va almashtirish ishlari, yoqilg‘i-moylash ashyolarini yangilash hamda elektr va aloqa jihozlarining sozligini nazoratga olish bo‘yicha mashg‘uloltlar o‘tkazildi.

Izoh qoldiring

Iltimos, izohingizni kiriting!
Iltimos ismingizni kiriting