“Konstitutsiya oʻzimizniki!” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

0
1180

Xabaringiz bor, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi toʻgʻrisidagi qonunni qabul qildi. Qonun umumxalq referendumida ovozga qoʻyiladi. Referendum joriy yilning 30-aprel, yakshanba kuniga belgilangan.

Ushbu muhim siyosiy tadbir arafasida Markaziy harbiy okrugda “Konstitutsiya oʻzimizniki!” shiori ostida konstitusiyaviy qonun loyihasi boʻyicha harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari orasida referendum oʻtkazish tartibi, bosh qomusimizning yangi tahriridagi moddalar mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Farrux Ziyabayev boshchiligida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda mehmon sifatida Samarqand harbiy prokuraturasi, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari, viloyat adliya boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab qoʻmondon, harbiy xizmatchilarga moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ortayotgani, Konstitutsiyaning o‘zi 65 foizga yangilanayotgani haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, asosiy qonunimizda aks etgan, inson huquq va erkinliklari, taʻlim, ijtimoiy soha, parlament, sud organlari va hokimiyat tizimi faoliyatiga doir yangi konstitutsiyaviy normalar xususida ham soʻz yuritdi.

Shuningdek, Konstitutsiyadagi oʻzgarishlardan kutilayotgan natijalar xususida toʻxtalib, xalqimiz taqdiri va ertangi kunini belgilab beradigan tarixiy qonunga daxldor bo‘lish, refrendumda nafaqat harbiy xizmatchilar balki ularning oila aʻzolari ham faol ishtirok etishga chaqirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati