Kursantlar uchun “Eng ilgʻor jangchi” koʻrik-tanlovi gʻoliblari bilan davra suhbati o‘tkazildi

0
617

Qurolli Kuchlar akademiyasida AQSHning Mississipi shtatida oʻtkazilgan “Eng ilgʻor jangchi” koʻrik-tanlovi gʻoliblari bilan davra suhbati tashkil etildi. 

Davra suhbatida boʻlinma komandirlari va kursantlar ishtirok etdi. Dastlab, kursantlar e’tiboriga AQSHda oʻtkazilgan “Eng ilgʻor jangchi” koʻrik-tanlovida ishtirokchilarning turli shartlarni bajargan vidioroliklari namoyish etildi.

Shundan soʻng, harbiy xizmatchilar tanlovdagi mashaqqatlar, gʻoliblik taassurotlari haqida soʻzlab berdilar. Shuningdek, ular harbiy xizmatchining har qanday holatda xushyor bo‘lishi, chaqqonlik va ziyraklikni unutmasligi bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Tadbir yakunida kursantlar tanlov g‘olibi bo‘lgan harbiy xizmatchilarga oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javob olishdi. Ochiq va samimiy ruhda tashkil etilgan davra suhbati barcha harbiy xizmatchilar va kursantlar uchun juda foydali boʻldi. 

Qurolli Kuchlar akademiyasi matbuot xizmati