Jangovar qudrat, faxr tuyg‘usini uyg‘otadi

0
589

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Chirchiq shahrida joylashgan harbiy qismda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda shahardagi 24-sonli umumta’lim maktab o‘quvchilari ishtirokida “Jangovar qudrat, faxr tuyg‘usini uyg‘otadi” deb nomlangan “Ochiq eshiklar kuni” va “Uch avlod uchrashuvi” tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchi yoshlar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar, mavjud jangovar vertolyotlar hamda o‘q-otar qurol namunalarining ko‘rgazmalari bilan tanishdilar. Shuningdek, tadbir davomida mohir uchuvchilarning bir kunlik xizmat faoliyati va parvoz davomida uchuvchidan talab etiladigan bilim hamda ko‘nikmalar haqida ma’lumotlar berildi.

Podpolkovnik Fayzulla Jo‘rayev