Kinoijodkorlar harbiy okrugda mehmon boʻlishdi

0
613

Markaziy harbiy okrugning Maʻnaviyat va maʻrifat markazida kino ijodkorlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʻzolari ishtirokida “Seni sogʻindim bahor” shiori ostida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Samarqand garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari hamda ularning oila aʻzolarini maʻnaviy yuksalishi va madaniy hordiq olishlari uchun tashkil etilgan uchrashuvda Oʻzbekiston xalq artisti Dilorom Karimova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva, Umid Iskandarov, Dilshodbek Kattabekov hamda Sanjar Shodieyev kabi kino ijodkorlar ishtirok etdi.

Respublikamiz boʼylab xalqimizga iliqlik ulashayotgan ijodkorlar dastlab barchani bayram bilan qutlab, Yangi Oʼzbekistonni bunyod etish yoʼlida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlar, hayotimizda boʼlayotgan ijobiy oʼzgarishlar inson tafakkurida ham shakllanayotganini va buning barchasi mustaqillikning nashidasi ekanini ta’kidladi. 

Shundan soʻng, elimiz ardogʻidagi ijodkorlar tomonidan turli sahna koʻrinishlari namoyish etilib, monolog, sheʻr hamda vatanparvarlik ruhidagi kinoni tasvirga olishdagi jarayonlar haqida soʻzlab berishdi.

Tashkil etilgan uchrashuv barchaga birdek manzur boʻldi. Aktyor va aktrisalarning chiqishlari, samimiyligi katta taassurot qoldirdi. Umuman olganda ushbu kun nafaqat harbiy xizmatchilarning, balki ularning jajji farzandlari xotirasida ham muhrlanib qolgan bo‘lsa ajab emas.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati