Muammo va yechim: qolgansirliklar uchun yangi suv manbasi

0
624

Mudofaa vazirligi rahbariyati hamda mahalliy boshqaruv organlari vakillaridan tashkil topgan guruh Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Qolgansir” mahallasida bo‘ldi.

Yaqin kelajakda qishloq “Obod mahalla” dasturi asosida butunlay yangi qiyofa kasb etadi. Mahalla ahli bilan bo‘lgan muloqotda ham bo‘lajak referendum hayotimizning barcha jabhalarida yangi imkoniyatlar ochib berishi haqida so‘z yuritildi. Fuqarolarimizni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklar tinglandi.

Ma’lum bo‘ldiki, mazkur aholi punktida suv manbalari bilan bog‘liq muammo bor, shu boisdan ushbu masalaga tezkor hamda samarali yechim topish sa’y-harakatlarni boshlandi. Berilgan topshiriqqa ko‘ra, harbiylar shu kunning o‘zida barcha zarur texnik vositalar bilan hududga yetib kelib, burg‘ilash ishlarini boshladi. Natija esa a’lo. Qolg‘ansirliklar yerlarni sug‘orish uchun qo‘shimcha suv manbaiga ega bo‘lishdi. Bu esa tomorqadan samarali va unumli foydalanish imkonini beradi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti