“Eng ilg‘or jangchi”lar tantanali kutib olindi

0
994

Avval xabar berganimizdek, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kichik serjantlar Tursunov Anvar va Azamat Kenjayev 17—24-mart kunlari AQSHning Missisipi shtati, “Camp Shelby” harbiy oʻquv bazasida boʻlib oʻtgan “Eng ilgʻor jangchi-2023” musobaqasida ishtirok etib, g‘alabaga erishdi. Bugun, 27-mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida harbiy xizmatchilarimiz tantanali kutib olindi.

Marosimda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, harbiy xizmatchilar, g‘oliblarning oila a’zolari va OAV vakillari ishtirok etdi.

Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan ilg‘or jangchilarga tadbirda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Shundan so‘ng g‘oliblar OAV vakillariga musobaqa taassurotlarini ulashdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur xalqaro musobaqada harbiy xizmatchilarimiz AQSH Milliy gvardiyasining Maxsus boʻlinmalari harbiy xizmatchilari bilan kuch sinashdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti