Chirchiqda umumxalq referendumiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

0
981

Yurtimizda muhim siyosiy jarayon — Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha umumxalq referendumi o‘tkazilishi arafasida qizg‘in tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. E’tiborlisi, bunda hamma birdek, jumladan, harbiy xizmatchilar ham faol ishtirok etishi ta’minlanyapti.

Shu ma’noda, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida Konstitusiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Unda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, bilim yurti boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, kursantlar, o‘qituvchi va professorlar, harbiy xizmatchilar, askarlar va hududning faol yoshlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Konstitusiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirida so‘zga chiqqanlar yangilanayotgan bosh qomusimizdagi oʻzgarishlar haqida ma’lumotlar berib, 30-aprel sanasida oʻtkazilishi belgilangan referendumda barchani faol ishtirok etishga chorladi.

Targ‘ibot tadbiri el suygan san’atkorlar tomonidan ijro etilayotgan kuy-qo‘shiqlar bilan qizg‘in davom etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti