Qurolli Kuchlar akademiyasida yoshlar uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

0
517

5-noyabr kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan Toshkent shahrida joylashgan 307-DIU maktabi o‘quvchi-yoshlari uchun ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi.

Maktab o‘quvchilari akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tashishini maqsadida oliy harbiy bilim yurti bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Yoshlar akademiya faoliyati bilan tanishib, chuqur taassurotlarga ega bo‘ldilar. Akademiyada muzeyida ularga tarixiy eksponatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Yoshlar bilan uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad ularda mardlik, matonat, sadoqat kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllanlirish, buyuk davlat arboblari, sarkardalar jasorati, Vatan himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan zamondoshlarimiz ibrati asosida milliy vatanparvarlik ruhini kuchaytirish, ma’naviy taxdidlar va salbiy illatlarning oldini olishdan iborat bo‘ldi.

Yoshlar nomidan so‘zga chiqqan 307-DIU maktabining 6-sinf o‘quvchisi Ulug‘bek Mamadaliyev buyuk davlat arboblari, sarkardalar jasorati, Vatan himoyasi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan zamondoshlarimizdan ibrat olganini, kelajakda harbiy xizmatni o‘tashni xohlash istagi borligini yashirib o‘tirmadi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi yoshlar yetakchisi kapitan Boburmirzo Soliev